«O’lkamizda bahor shukuhi»

QAYTA KETMAS BO’LIB KELDINGMI, BAHOR?загружено (12)

Yeru samovotda navro‘z nafasi, 
Bog‘u bo‘stonlarda andalib sasi, 
Bu nafas, bu sasning yo‘q muqoyasi. 
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

Yurtimizda fasllar kelinchagi bahor nafasi ufurmoqda. Olamga o’zining sepini yoygan, kelinchak kabi ona tabiat bor mehri bilan tevarak-atrofni gullarga burkaydi. Har qanday inson qishning ayozli kunlaridan eson-omon chiqib, bahor chechaklarini ko’rishga, navro’zi olam bezaklarini tomosho qilishga, musaffo xavosidan to’yib to’yib nafas olishga musharraf bo’lganidan huzur qilib shukronalar aytadi.
 Dillarga ajib bir iliqlik, ajib bir tarovat, ko’tarinkilik baxsh etayotgan ushbu damlarda xush kayfiyatda bo’lgan keksa-yu yosh kimlargadir faqat yaxshilik qilgisi, yaxshi so’z aytgisi keladi.
Navro’z mehr-oqibat ayyomi. Bu kun barcha insonlarga ezgu niyat, yaxshilik va bir biriga mehr-muhabbat ulashadigan kun.

 

Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan faslidir.Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda – mart, aprel va maydan janubiy yarimsharda esa sentabr va oktabr va noyabrdan.

Bahorda daraxtlar gʻuncha tugadi, kunlar asta-sekin isiy boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomg’ir, do’l kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va Momaqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel, va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.

Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-mart janubiy yarimsharda 22 yoki 23-sentabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-iyun, janubiy yarimsharda 21 yoki 22-dekabrda) boshlanadi.

Bahorda Tinib-tinchimas dexqon bobolar qish bilan yastanib yotgan dalasiga oshiqadi. Shahar va qishloqlarda, mahalla va ko’chalarda, bilim maskanlari-yu ish joylarida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarni boshlanishi an’anaga aylangandir. Hammayoqni tozalab daraxt ko’chatlari va qullar ekish bilan tevarak atrof yanada go’zallashib har bir insonni kayfiyatiga yanada ko’tarinki kayfiyat qo’shadi. 

Bahor faslini bejizga fasillar kelinchagi deyishmaydi. Kelinchak bir oilani gullab yashnatsa, bahor fasli esa butun borliqni. Hech etibor berganmisiz. Bahor fasli kirib kelishi bilan nafaqat tabiat balki butun borliq, jamiki tirik jon jonlanadi. Insonlar qalbida qandaydir jo’nshqinlik mavj uradi. Atrof tariflashga til ojiz holatda go’zallikka burkanadi. Bahor fasli haqida qanchagapirsayiz shuncha oz.
Bahor fasli tabiat uchun uyg‘onish va yasharish faslidir. U ko‘pchilikka go‘zalliklarni baxsh etadi.

Bahorning boshqa fasillardan o’zgacha sifatlaridan biri bu bayramlarga boyligidir. Ana shu bayramlardan biri 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami”dir.

images

Ayol – borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati   pok, o’zi pok. Shu bois  uni avaylab-asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O’zbekistonimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila  o’zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo’lmaydi.Bu bejiz emas.  Istiqlol tufayli mehnatda baxti ochilgan ayollar juda ko’p. Ularning orasida qanchadan-qancha hunarmand onaxonlar, chevar opalar, fermer ayollar, turli-tuman kasb sohibalari bor.

Davlatimizning yuksak unvonlariyu nishonlariga sazovor bo’lgan fidoyi va mehnatkash, elim deb, yurtim deb yonib yashayotgan ayollarimizning sanog’iga yetib bo’lmaydi. Ba’zan ana shunday  qalb sohibalari davrasida o’zimni qo’yarga joy topolmayman. Ularga ta’zim qilgim, rahmat aytgim kelaveradi. Xotin qizlarimizni 8 mart bilan tabriklaymiz!!!

Bahor bayramlaridan yana biri Navro’z bayramidir. Navro’z bayramini barcha insonlar ko’tarinki kayfiyat bilan o’tkazadilar. Qizlar milliy atlas va adras liboslaridan kiyib tol daraxti novdalaridan soch popuklar yasashadi bu bilan chiroyliga yanada chiriy qo’shiladi. Barcha insonlar qarindosh uruglari do’stlari bilan birgalikda Sumalak tayyorlashadi.

загружено

Avval yuragingga moralaydi u,
Songra kurtaklarga o’rgatadi so’z.
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro’z.

Boychechak chiqibti, bugun Navro’z ekan!
Xamma bir-biriga jigarso’z ekan.
Olam ham barobar kech-kunduz ekan,
Boychechak chiqibti, bugun Navro’z ekan!

Yangi yilingiz muborak bo’lsin xoy bobo!
Yangiz yilingiz muboak bo’lsin xoy momo!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin, xoy ona!
Boychechak chiqibti, bugun Navro’z ekan!

Hoy bogbon bobo, niholga bersin baraka!
Hoy dehqon bobo, dalangga bersin baraka!
Hoy cho’pon bobo, qorangga bersin baraka!
Boychechak chiqibti, bugun Navro’z ekan!

 

Orasta qizlar

Jizzax tumani XTMFMT va TEB ga qarashli 9-umumta’lim maktabida 2016Orasta qizlar-yil   20-fevral kuni “Orasta qizlar” tanlovi bo`lib o`tdi. Tanlovda 5-6-7-sinflardan orasta o`quvchi qizlar qatnashdi. Qizlar 5 ta: tanishtirish, savol-javob, bahru-bayt, pazandachilik va erkin mavzu shartlari bo’yicha bellashdilar. Tanlovga ishtirokchilarning onalari ham taklif etildi. Tadbirni maktab ma’naviyat rahbari Malyayeva Zulayho ochib berdi. Qizlar shartlar davomida o`zlarining bor bilimlarini, pazandachilikdagi mahoratlari va o`z iqtidorlarini namoyish etdilar. Tanlovda 7-b sinf o`quvchisi Haqberdiyeva Sadoqat 1-o`rinni, 8-b sinf o`quvchisi Toshtemirova Zulfizar 2-o`rinni, 7-a sinf o`quvchisi Hasanova Sevinch 3-o`rinni oldilar.

Sayt o’z faoliyatini boshladi!

Assalomu alaykum aziz mehmon! 2016-yil 1-martdan http//www.9maktab.uz  sayti o’z faoliyatini boshladi. Bundan buyon, saytda Jizzax tumanidagi 9-umumta’lim maktabi faoliyati haqida turli xil ma’lumotlar va yangiliklar berib boriladi. Saytda berib borilayotgan barcha ma’lumotlarning to’g’ri va ishonchliligiga Jizzax viloyati, Jizzax tumanidagi 9-umumta’lim maktabi mehnat  fani o’qituvchisi Zafar Hayitboyevich javobgardir.  Sizga yordam berganimizdan xursandmiz!